Xizmatlar va narxlar

Narx oldindan aniq. Keyin kutilmagan xarajat yo'q

Har bir pog'ona oldingisining ustiga quriladi: bugun katalog saytdan boshlab, keyin to'lov, CRM va ilova qo'shish mumkin. Avval qurilgan narsa tashlanmaydi.

Veb-sayt va tizim

Katalogdan to'liq boshqaruv tizimigacha

To'liq tizimEng ko'p foyda
$1 800dan

Butun biznes bitta ekranda: kim, nima, qachon, qancha

Sotuv saytiga qo'shiladi: mijozlar bazasi, ombor, SMS, admin panel

  • Har bir mijozingiz bazada, hech kim yo'qolmaydiTelefon, buyurtmalar tarixi, jami xaridi
  • Buyurtma qayerdaligini bir qarashda bilasizHolatlar: yangi, yig'ildi, yo'lda, yetkazildi
  • Ombor o'zi hisoblanadiQoldiq sotuvdan avtomatik kamayadi
  • Eski mijozlar SMS bilan qaytadiAksiya va eslatmalar bazaga ommaviy yuboriladi
  • Saytni dasturchisiz o'zingiz boshqarasizMahsulot, narx, rasm admin paneldan
Muddat: 4–6 haftaSotuv sayti ichida: sayt + CRM + ombor + SMSShu haqida yozish
Sotuv saytiClick · Payme
$700dan

Pul hisobingizga tushadi, siz faqat yetkazasiz

Katalog saytga qo'shiladi: onlayn to'lov, chek, IKPU

  • Mijoz o'sha zahoti kartadan to'laydiClick va Payme ulanadi, shartnomada yordam beraman
  • To'langan buyurtma darhol Telegram'daKim, nima, qancha to'lagani bilan
  • Soliq talablariga mosHar mahsulotga IKPU kod va chek
Muddat: 2–3 haftaRasmiy firma yoki YaTT kerak · muddat to'lov tizimi tasdig'iga bog'liqShu haqida yozish
Katalog sayt
$200dan

Mijoz nima bor, qancha turadi, o'zi ko'radi

  • "Narxi qancha?" degan savollar kamayadiBarcha mahsulot, qoldiq va narx bir joyda
  • Buyurtma bir bosishda Telegram'ga keladiTayyor xabar adminga boradi
  • Telefonda ham qulay ochiladiMobil ekranga moslangan, tez yuklanadi
Muddat: 5–7 kun50 tagacha mahsulot · 2 til · domen birinchi yil bizdanShu haqida yozish
Telegram'da sotish

Mijozlaringiz qayerda bo'lsa, do'koningiz o'sha yerda

Sayt ochishni bilmaydigan mijoz ham Telegram ichida katalogni ko'radi va buyurtma beradi.

Bot + Mini AppTelegram do'kon
$350dan

Telegram'dan chiqmasdan to'liq do'kon

Botga qo'shiladi: katalog, savat, alohida domen

  • Mijoz rasm va narxlarni bir bosishda ko'radiBot ichida ochiladigan mini sayt: katalog va savat
  • Buyurtma tayyor matn bo'lib adminga keladiMahsulot, soni, manzil, telefon
  • Mijozning kimligi o'zi ma'lumTelegram ismi va akkaunti avtomatik keladi
Muddat: 1–2 haftaDomen birinchi yil bizdan · to'liq tizim ustiga qurilsa $300Shu haqida yozish
Telegram bot
$150dan

Ariza va savollar sizni kutib qolmaydi

  • Mijoz kechasi yozsa ham javob oladiNarxlar, manzil, ish vaqti tugmalar orqali
  • Har bir ariza telefoningizga darhol keladiIsm, raqam va so'rov adminga xabar bo'lib tushadi
  • Qog'oz ishini bot bajaradiKerak bo'lsa hujjatni tayyor PDF qilib beradi
Muddat: 3–5 kunShu haqida yozish
Mobil ilova

Doimiy mijoz telefonida sizning belgingiz

To'liq tizim tayyor bo'lsa, ilova arzonroq tushadi: u o'sha bazaga ulanadi. Android va iOS bitta koddan chiqadi, iOS uchun qo'shimcha haq Apple tekshiruvi va talablari uchun.

IlovaTayyor tizim ustigaNoldan (server bilan)
AndroidGoogle Play$1 000$2 500 dan
iOSApp Store, Android'ga qo'shimcha+$700+$700
Android + iOSikkalasi birga$1 600$3 200 dan

Taxminiy muddat: 3–5 hafta va do'kon tekshiruvi (Google va Apple, odatda bir necha kundan 2 haftagacha).

Qo'shimcha

Istalgan pog'onaga ulanadi

XizmatSizga nima beradiNarx
AI yordamchiInstagram va TelegramDirect va chatdagi savollarga javob tayyor turadi, siz faqat tasdiqlaysiz$400 dan
Telegram + Android + iOSto'liq tizimi bor mijozga paketMijoz qayerda bo'lsa, do'koningiz o'sha yerda: uchala oyna bitta bazaga ulanadi$1 800
Keyingi pog'onaga o'tishistalgan vaqtdaAvval qurilgan sayt yoki bot tashlanmaydi, ustiga quriladifarq bo'yicha
Oylik qo'llab-quvvatlash

Topshirgandan keyin ham ishlab turadi

Server nazorati, xatolarni tuzatish, kichik o'zgarishlar va savollaringizga javob.

PaketOyiga
Telegram bot · Katalog sayt$20
Mini App · Sotuv sayti$50
To'liq tizim (CRM + ombor)$120
To'liq tizim + mobil ilova$180
Jarayon

Birinchi suhbatdan ishlab turgan tizimgacha

  1. Bepul tahlil

    20 daqiqalik suhbat: hozir buyurtmalar qanday kelyapti va qayerda vaqt, pul yo'qolyapti.

  2. Yozma taklif

    Narx, muddat va nima qilinishi aniq yozilgan hujjat. Ortiqcha narsa qo'shilmaydi.

  3. Qurish

    Har hafta natijani ko'rib borasiz. 50% to'lov bilan boshlanadi.

  4. Topshirish va yonida turish

    Jamoangizga o'rgataman, keyin ham tizim ishlab turishiga qarayman.

Shartlar

Ish boshlanishidan oldin bilishingiz kerak bo'lganlar

  • 50% oldindan, 50% topshirishdaIsh boshlanishidan oldin nima qilinishi yozma kelishiladi.
  • Tashqi xizmatlar sizning hisobingizdanServer, SMS, AI, Google Play ($25 bir marta), Apple ($99 yiliga). Narxini oldindan aytaman.
  • Domen birinchi yil bizdanMini App va sayt paketlarida. Domen sizning nomingizda qoladi.
  • Muddat ma'lumotlarga bog'liqMahsulotlar, rasmlar va rekvizitlar to'liq berilgach muddat boshlanadi.
  • Kelishuvdan tashqari ish alohidaYangi talab chiqsa, narx va muddat avval aytiladi.
Bepul tahlil

Biznesingizga qaysi pog'ona kerak? 20 daqiqada aniqlaymiz

Hozir buyurtmalar qanday kelayotganini ko'rib chiqaman va qayerda vaqt, pul yo'qolayotganini aytaman. Ortiqcha narsa sotmayman.

  • Suhbat bepul va hech narsaga majbur qilmaydi
  • Yozma taklif: narx, muddat, nima qilinadi
  • Javob odatda shu kunning o'zida
Biznesingiz
Hozir buyurtmalar qayerdan keladi
Nima kerak
Telegram'da yuborish

Javoblaringiz tayyor xabar bo'lib ochiladi, siz faqat "Yuborish"ni bosasiz.